Bahraynda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida -102 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

U dast ko‘tarish mashqida 172 kg bilan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni qatarlik Elbah Faresni ham ortda qoldirdi hamda oltin medal sohibi bo‘ldi.

Siltab ko‘rarishda 196 kg, ikki kurashda esa 368 kg qayd etgan samarqandlik sportchi 2 ta kumush medalni keltirdi.

Avvalroq yana bir o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Foto