22 oktabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabining «Jangchilar oroli»da o‘tgan UFC 280 musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov (25−7 MMA, 3−1 UFC) braziliyalik raqibi Kayo Borraloga (12−1 MMA, 2−0 UFC) qarshi jangda mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi raundning yarmigacha ustunlik Kayo Borralo tomonda bo‘ldi. Raund yakunida esa o‘zbekistonlik sportchi faolroq harakat qilib, vaziyatni tenglashtirdi. Ikkinchi raund ham asosan «parter»da o‘tdi. Braziliyalik Borralo Mahmud Murodovni bo‘g‘ish usulidan foydalanib, uni o‘z nazoratida ushlab turdi. Murodov esa undan chiqib keta oldi.

Foto: UFC

Hal qiluvchi raundda ham parterdagi ustunlik asosan braziliyalik tomonida bo‘ldi va u raqibiga bir qancha zarbalar berishga ulgurdi. Natijada hakamlar Kayo Borraloning g‘alabasini qayd etdi. Mahmud Murodov UFC`dagi ketma-ket 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

U bundan oldin UFC 257 musobaqasida Endryu Sanches ustidan so‘nggi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.