Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik atletlar yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Bu gal ko‘pkurash bahslarida Nodir Norboyev hamda balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva oltin medalga ega chiqdi.

Yigitlar, ko‘pkurash:

  1. Nodir Norboyev (O‘zbekiston) — 6934 ochko;
  2. Sina Afshinar (Eron) — 6417 ochko;
  3. Sajjad Al Alxazoli (Saudiya Arabistoni) — 5674 ochko.

Qizlar, balandlikka sakrash:

  1. Barnoxon Sayfullayeva (O‘zbekiston) — 1.84 metr;
  2. Alina Chistyakova (Qozog‘iston) — 1.73 metr;
  3. An Bu Ti (Vetnam) — 1.73 metr.

Avvalroq, mazkur musobaqada qatnashgan 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.