Quvaytda o‘tayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.


U uzunlikka sakrash sektorida shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik atlet Xushnoza Shavkatova 5,78 metr bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

Sharifa Davronova (O‘zbekiston) — 6,06 metr

Moham Mubsina (Hindiston) — 5,91

Jia Yin (Gonkong) — 5,81

Xushnoza Shavkatova (O‘zbekiston) — 5,78