7 noyabr kuni UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a tashlash natijasiga ko‘ra nimchorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Leypsig (Germaniya) — Manchester Siti (Angliya)
  • Bryugge (Belgiya) — Benfika (Portugaliya)
  • Liverpul (Angliya) — Real Madrid (Ispaniya)
  • Milan (Italiya) — Tottenxem (Angliya)
  • Ayntraxt (Germaniya) — Napoli (Italiya)
  • Borussiya Dortmund (Germaniya) — Chelsi (Angliya)
  • Inter (Italiya) — Portu (Portugaliya)
  • Pari Sen-Jermen (Fransiya) — Bavariya (Germaniya)

Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 14−15 va 21−22 fevral kunlari o‘tadi. Javob uchrashuvlari 7−8 va 14−15 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tish lozim, o‘tgan mavsumdan boshlab mehmonda urilgan gollar qoidasi bekor qilingan. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra hisob durang bo‘lsa, jamoalar qo‘shimcha vaqtda o‘ynashadi.

2022/2023 mavsumining final o‘yini 10 iyun kuni Istanbul shahridagi Otaturk nomidagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.