O‘zbekistonlik gimnastikachi qizlar Toshkent mezbonlik qilgan Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunladi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronzani qo‘lga kiritdi.

Dastlabki medalga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi. U ko‘pkurash dasturida 135 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ertasi kuni alohida dasturlardagi mashqlarning dastlabki ikkisida oltin medal olib, avval halqa, so‘ng to‘pdagi mashqlarda eng yuqori ball jamg‘arishga erishdi.

Uning ismi keyingi turlarda ham sovrindorlar qatorida bo‘ldi. Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta to‘pdagi chiqishda Shahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

гимнастика, жаҳон kubogi, спорт, тошкент

гимнастика, жаҳон kubogi, спорт, тошкент

Barcha yo‘nalishdagi g‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

Taxmina Ikromova (xalqa)
Taxmina Ikromova (to‘p)

Kumush medal:

Taxmina Ikromova (ko‘pkurash)
Taxmina Ikromova (bulava)
Taxmina Ikromova (tasma)
Guruh mashqi (3 tasma va 2 to‘p)

Bronza medal:

Natalya Usova (bulava).