Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi, deb xabar bermoqda bog‘ matbuot xizmati.

Ular orasida 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher mavjud.

jirafa, zebra, тошкент hayvonot bog‘и

Bu hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan bo‘lib, ularni keltirish uchun 10 827 km masofa bosib o‘tildi, deyiladi xabarda.

2022-yilning avgust oyi oxirida Toshkent hayvonot bog‘idagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi. Poytaxtga 2016-yilda uch yoshligida Olmaota hayvonot bog‘idan olib kelingan bu jirafaning o‘limga o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan timpaniya sababli yuzaga kelgan miya ishemiyasi sabab bo‘lgan.

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalarining kirish narxi 16 yoshdan kattalar uchun 35 000 so‘m, xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqaxo‘rlar hamda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 000 so‘mni tashkil qiladi. Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun esa bepul.