dayjest

Toshkentda havoni nimalar ifloslantiradi va uni qanday yaxshilash kerak? Ekologiya vazirligi bayonoti

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havo ifloslanishining asosiy omillari sifatida IESlarda ko‘mir va mazutdan foydalanish, qurilishlar va daraxtlarni kesish ko‘paygani, sifatsiz yonilg‘ida yuruvchi transportlardan chiqayotgan tashlamalar ortgani kabilarni sanadi. Havoni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdi.


dayjest

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.


dayjest

Janubiy Afrika Isroilga qarshi genotsid da’vosi bilan chiqdi, BMT sudi ishni ko‘rib chiqishni boshladi

BMTning Gaagadagi sudi G‘azo aholisi genotsidi uchun JARning Isroilga qarshi bergan da’vosi bo‘yicha sud ishini boshladi. Janubiy Afrika Isroilning HAMAS hujumidan keyin qilgan harakatlarini “haddan oshish” va “genotsid” ekanini ta’kidlamoqda. Isroil rasmiylari bu ayblovlarni “qonli tuhmat” deb atadi.


dayjest

“Yashil energiya” quvvati 2023-yilda dunyo bo‘ylab 50 foizga oshdi

2023-yil oxirida “yashil energiya"ning global quvvati 2022-yilga nisbatan 50 foizga oshdi. Bu o‘sish so‘nggi 20 yil ichida rekord ko‘rsatkichga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, 2028-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning 42 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.


dayjest

O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatga olindi. Bank Ibragimovlar oilasi, tadbirkorlar Aleksandr Mashkevich va Fattoh Shodiyevlar boshchiligidagi “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” guruhi tarkibiga kiradi.


dayjest

O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari ishlab chiqaruvchilarning imtiyozlari 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin. Ularga eksportda valyuta kursini xedj qilish xizmatlaridan foydalanish xarajatlarini qoplab berish va xom ashyoni import qilishda transport xarajatlarini kompensatsiyalash reja qilinmoqda.


dayjest

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi

Toshkentdan Istanbulga uchgan Uzbekistan Airways samolyotida fuqaro vafot etdi. Parvoz chog‘ida surunkali kasallikka chalingan yo‘lovchi yurak xurujini boshdan kechirgan. Turkiyadagi elchixona marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.


dayjest

Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havoni muhofaza qilish choralarini taklif qildi. IESlarda mazut va ko‘mirdan foydalanishni, Ai-80 rusumli benzinni taqiqlash, yuk mashinalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishini cheklash va markaziy ko‘chalarda mashinalardan xoli hududlar tashkil etish shular jumlasidan.


dayjest

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov lavozimidan bo‘shatildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.


dayjest

2024-yil martidan boshlab tadbirkorlar uchun bekor qilinadigan litsenziyalar va ruxsatnomalar — ro‘yxat

Prezident farmoni bilan 2024-yil 1-martdan boshlab 22 turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi. 7 ta turdagi ruxsatnomalar to‘liq bekor qilinadi, yana 12 tasi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi, 3 tasi esa xabar berish tartibi bilan almashtiriladi. To‘liq ro‘yxat.


dayjest

“Biznesga litsenziyasiz kirish”. O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun maxsus rejim sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu yil oxirigacha rentgen uskunalaridan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatga taalluqli bo‘ladi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (13−14-yanvar)

6 ta kinopremera, “Men g‘olib” yugurish musobaqasi, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma, spektakllar, havaskorlar o‘rtasidagi shaxmat turniri, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan yana ikki ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Istanbulda 2017 va 2018-yillardan buyon odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bir necha kun avval “Madam Klod” nomi bilan tanilgan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingani xabar qilingan edi.


dayjest

O‘zbekiston Qozog‘istondan ko‘mir importini 1,8 barobar, Qirg‘izistondan esa 2 barobar oshirdi

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘mir importi 1,4 mln tonnaga oshib, 3,1 mln tonnaga (+82,3 foiz) yetgan. Qirg‘iziston ko‘miri esa 10 oyda ikki barobar ko‘paygan — deyarli 900 ming tonnagacha. Yanvar-noyabr oylaridagi yetkazib berish hajmi qiymat jihatdan 189,2 mln dollarga baholanmoqda.


dayjest

Prezident yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma'muriy sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Ofis xodimlariga xos kasalliklardan qanday himoyalanish mumkin?

Asosiy vaqti kompyuter qarshisida o‘tadigan ofis xodimlarining katta qismi kamharakat, ularga jismoniy faollik yetishmaydi. Kamharakatlilik esa aksariyat xastaliklar boshi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Respublika travmatologiya markazi rahbari bu boradagi oson tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.