Moven kompaniya asoschisi va Breaking banks radio boshlovchisi Brett Kingning “Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” asari Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima va nashr qilindi. So‘nggi o‘n yillikda bank sohasida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berganini bugun O‘zbekistonning istalgan hududidagi insonlar sezmoqda.

Endilikda naqd puldan ko‘ra plastik kartalarga ehtiyoj yuqori. Soliqlardan tortib istalgan to‘lovlarni insonlar uylaridan chiqmay hal qilishyapti. Biroq plastik kartalar davri ham o‘tganini sezilmoqda.

Hali hanuz to‘lov tizimlar va bank sohasida inqilobiy o‘zgarishlar davom etmoqda. Kelajakda, ehtimol, telefonlardagi ilovalarga ham hojat qolmas va bu taxminlar shunchaki xayol emas, yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara ekanligini Brett King aniq va asosli tasvirlaydi. FinTech startaplari, mobil banking va blokcheyn kabi joriy tendensiyalarni tahlil qilib, ular ushbu raqamli bank inqilobiga qanday yo‘l ochayotganini ko‘rsatgan.

Xalq banki boshqaruvi raisi Shuhrat Ataboyev kirish so‘zida ham ulkan moliyaviy inqiloblar ostonasida ekanini e’tirof etib, asarni keng kitobxonlar ommasiga tavsiya qiladi.

“Bank 4.0” kitobini o‘qish orqali quyidagi dolzarb masalalar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin:

  • iqtisodiy raqobatda yutqizmaslik uchun moliyaviy evrilishlar mohiyatini anglash;
  • kelajakdagi sun’iy intellektli banklaringiz va raqamli valyutalar;
  • kun sayin ommalashayotgan bitkoin va kriptovalyutalar ahamiyati;
  • postmillenial avlod istaklari hamda yangi brokerlar faoliyati;
  • haqiqiy vaqt rejimida biometrik tranzaksiyalar;
  • har joyda hozir-u nozir bankingning yashab qolish sirlari.

Sanab o‘tilgan masalalar va boshqa dolzarb moliyaviy bilimlarni Brett King atroflicha yoritib beradi. Kitob nafaqat moliya-iqtisod sohasida faoliyat yurituvchilarga, balki barcha insonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, raqamli dunyoning moliyaviy salohiyatini yetarli misollar orqali tushuntirib beradi.

Bu kitob mutolaasi bilan sun’iy intellekt va texnologiya moliyaviy tizimlarni qayta belgilaydigan dunyoda pul, egalik va shaxsiyatni qayta ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ling. “Bank 4.0” kitobi zamonaviy texnologiyalar, pul boshqaruvi va kelajakka qiziqqan barchaga tavsiya etiladi.

Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda nashr qilingan bo‘lib, bank ko‘magi jamiyat uchun yana bir foydali kitob chiqishida muhim rol o‘ynadi. Kitob o‘rganish borasida amalda ish beruvchi maslahatlari bilan o‘zbek kitobxonlariga foydali qo‘llanma bo‘ladi deb aytish mumkin. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, musahhihlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan.

“Bank 4.0” kitobi hozirda internet-do‘koni orqali sotilmoqda va O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib berish imkoni mavjud.

Havola orqali buyurtma berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.