Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 milliard so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi, deya xabar qildi Bojxona qo‘mitasi.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat hajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan.

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yo‘lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 873 mln so‘mdan oshmoqda.

bojxona, olmos

Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajini ko‘zdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln so‘mdan oshmoqda.