Shavkat Mirziyoyev 22-dekabrdagi farmoni bilan Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi.

Davlat rahbari xuddi shunday qarorni roppa-rosa olti yil avval — 2017-yilning dekabrida ham imzolagandi, o‘shanda Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi a’zosi tasdiqlangan. Bungacha akademiyaning haqiqiy a’zolari saylovi 22 yil davomida, ya’ni 1995-yildan beri o‘tkazilmagandi.

Bu yil Fanlar akademiyasi o‘zining 80 yilligini nishonlamoqda. Muassasa 1943-yil 4-noyabrda tashkil etilgan. 2022-yil holatiga ko‘ra, u 40 dan ortiq ilmiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Akademiyaning uchta hududiy filiali — Qoraqalpog‘iston va Navoiy filiallari, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi mavjud.

2012-yil fevral oyida hukumat qarori bilan (birinchi prezident Islom Karimov imzolagan) Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy muassasalari (jumladan, Samarqand viloyati filiali va to‘rtta ilmiy markaz — Andijon-Namangan, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo (Janubiy) va Farg‘ona markazlari tugatildi. Boshqalari esa — qayta tashkil etildi.

2017-yil fevral oyida Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan ilgari oliy o‘quv yurtlariga o‘tkazilgan bir qator institutlar Fanlar akademiyasiga qaytarildi. Jumladan, Tarix instituti, Yadro fizikasi instituti, Mexanika va inshootlar seysmik barqarorligi instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va boshqalar (ro‘yxat).

2018-yil aprel oyida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ilmiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan, ular ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirgan, muammolar haqida so‘zlagan edi.

O‘sha yig‘ilishda prezident “chorak asr davomida akademiyaga e’tibor berilmagani”ni “katta xato” deb atagan. “Agar biz intensiv va progressiv rivojlanishga intilmasak, [boshqa mamlakatlarga] yetib ololmaymiz”, — degandi u yig‘ilishda.

FAning yangi haqiqiy a’zolari

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha

Axmedov Babomurot Jurayevich — Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri;

Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich — Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi;

Rozikov Utkir Abdulloyevich — Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari;

Kimyo fanlari bo‘yicha

Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri;

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich — Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori;

Turabjanov Sadritdin Maxamatdinovich — Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori;

Reymov Axmed Mambetkarimovich — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori;

Biologiya fanlari bo‘yicha

Davranov Kaxramon — Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori;

Texnika fanlari bo‘yicha

Sadikov Ilxam Ismailovich — Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori;

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha

Namazov Shadman Ergashovich — Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari;

Tarix fanlari bo‘yicha

Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li — Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha

Tuxliyev Nurislam — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori;

Filologiya fanlari bo‘yicha

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori;

Pedagogika fanlari bo‘yicha

Ibraimov Xolboy — Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori;

Tibbiyot fanlari bo‘yicha

Musabayev Erkin Isakovich — Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqikot instituti direktori;

Psixologiya fanlari bo‘yicha

Shaumarov Gayrat Baxramovich — “Profi universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti rektori.