Poytaxtdagi Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida avtobuslar harakati uchun ajratilgan maxsus A yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini qayd etuvchi beshta kamera o‘rnatilib, bir kunda — 24-dekabr kuni 175 ta avtomobil haydovchisiga jarima solindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar berdi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−6-moddasiga asosan to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari yoki 680 ming so‘mni tashkil etadi.

Oktabr-noyabr oylari davomida mazkur ikki ko‘chaga jami 30 dona smart-kamera o‘rnatilgan. Dekabr boshidan faqat beshtasi ishlay boshlagan.

Ajratilgan yo‘lakka faqat o‘ngga burilish (chiziq uzilgan joylarda), shuningdek, jamoat transporti harakatiga xalaqit bermasdan yo‘lovchilarni mindirish va tushirish uchun kirish mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston poytaxtida 44 km jamoat transporti yo‘laklari borligi, ularad kuniga 16 ming avtobus qatnovi amalga oshirilishi haqida xabar qilingandi.