Toshkent shahri Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi 48 yoshli N.U. (ayol)ni ustiga benzin sepib, yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat sodir bo‘lganini Bosh prokuratura “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan erkakka (1966-yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jabrlanuvchi ayolning tanasida 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlagan. Tergov harakatlari boshlangan.