“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi yaqinlashib kelayotgan bayram kunlari uchun jamoat transporti harakati jadvalini e’lon qildi.

30-dekabrdan 2-yanvarga qadar avtobus qatnovi yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.

Avval xabar qilinganidek, 6-yanvar — shanba kuni ish kuni bo‘ladi. Shu bois jamoat transporti ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.