«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.
Effect.uz saytining ikki muxbiri yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi hodisadan so‘ng qidiruvga berilib, sirtdan hibsga olindi. Ular hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va tergovga yoki sud ishlarining hal qilinishiga xalaqit berganlikda sirtdan ayblanmoqda. O‘z navbatida, nashr rahbari xodimlarining biriga chaqiruv qog‘ozi kelmagani, biri ikki marta prokuraturaga borganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.
Qashqadaryo viloyatida ona va bola Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga 11 nafar fuqaroni ishga joylashini aytib, ulardan 4300 dollar olgan. Bundan tashqari, tibbiyot birlashmalariga rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur fuqarolarni ishga olishini talab qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu taqiq 1-apreldan 31-dekabrga qadar amal qiladi va u tashqi reklama konstruksiyalarida joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Kamilov 17 may sanasidan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkinligini qayd etdi. U safar masalasi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi haqida xabar berdi.
Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, maktablardagi muammolarni hal etish o‘rniga, «ba’zilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishdan nariga o‘ta olmayapti». U prezident topshiriqlarini to‘g‘ri tushungan rahbarlar byudjetdan tashqari mablag‘larni topib, maktablarga yordam berishga harakat qilishini aytdi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.
O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etildi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, eng ko‘p holat Toshkent shahrida, eng kam ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan.
O‘zbekistonda 1 km yo‘lni qurishning eng qimmat narxi 950 ming dollarni tashkil etishi ma’lum qilindi. Mazkur narxga o‘tish yo‘laklari, lotoklar va boshqalarni ta’mirlash hamda o‘rnatish ham kiradi. «Lekin dunyoda hech kim bunaqa summada yo‘l qurmaydi», — dedi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi.
Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishganliklari aniqlangan.
Toshkent viloyatidagi 3 ta shahar va 3 ta tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 500 mlnga yaqin pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qariyb 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkentning Yunusobod tumanida kechki payt 3 nafar fuqaro IIBga so‘rov uchun olib kelingan. Fuqarolar qo‘yib yuborilgandan keyin taxminan 6 soatlardan so‘ng ulardan birining murdasi topilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasida marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgani aniqlandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hokimlikdagi qimmatbaho mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerakligini ta’kidladi. U bu orqali ko‘plab investitsiyalar kelishi mumkinligiga urg‘u qaratdi.
Poytaxt hokimining qaroriga muvofiq, 7 apreldan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting