Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

5 aprel kuni Toshkent shahar hokimining «Toshkent shahrida 2020−2021 yildagi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 7 apreldan poytaxtda markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanib, 2021−2022 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlanadi.