2021 yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi, deya xabar berdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga uchishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test o‘tkazish talab qilinadi. Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rossiya 1 apreldan boshlab O‘zbekiston bilan haftasiga bir marotaba Moskva-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklashi haqida ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, avvalroq O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berilgani haqida xabar bergandik.