Toshkentda joriy yilning 1-aprelidan 31-dekabriga qadar tashqi reklama ob’ektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Moratoriy tashqi reklama ob’ektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.

Bu davr mobaynida o‘rnatilgan tashqi reklama ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish va yagona elektron reyestrni shakllantirish reja qilingan.

Moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama ob’ektlari noqonuniy hisoblanadi. Belgilangan tartibda demontaj qilinish bilan birga, ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.