Sergeli tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda ittifoqning matbuot xizmati.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Jumaboyev Akmal Murodovich 1987 yil 14 noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini tamomlagan. Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati. «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohibi.