Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari va «Moziydan sado» jurnali mavjud shtat birliklari agentlikka o‘tkazildi.

Madaniy meros agentligi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulkini asrash bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu prezident farmoni bilan Turizm va sport vazirligi tashkil etilgan edi.