«E-E.» MCHJning moddiy javobgar shaxslari bo‘lgan avia-operatorlari aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishgan, deya xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Bu holat Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MCHJning moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.