Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani istiqomat qiluvchi ona X.Z. qizi T.I. bilan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilib 11 nafar hamshaharini aldagani aytilmoqda. Bu haqda IIV xabar berdi.

Aniqlanishicha, ular jami 4300 dollarni olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Jumladan, fuqarolar O. A.dan $300, X. M.dan $700, O.D.dan $300, X.Sh.dan $300, N.Sh.dan $700, K.K.dan $600, Yo.N.dan $300, Yu.S.dan $200, Q.M.dan $100, R.G.dan $500, B.N.dan $300 olgan.

Bundan tashqari, T.I. joriy yilning 1−2 aprel kunlari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirgan. Sms xabarnoma orqali yuqoridagi fuqarolarning ism va familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.