Yozyovon tumanida yashovchi 64 yoshli otaxon oilali erkakka boshqa bir ayol bilan nikoh o‘qigani uchun jazo belgilandi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturida xabar qilindi.

64 yoshli fuqaro 2020 yil 15 sentyabr kuni shu tumanda yashovchi qonuniy nikohdan o‘tmagan fuqaro U. va R.ni 30 ming so‘m evaziga shar’iy nikohdan o‘tkazgan.

«Kelib, iltimos qilgani uchun yo‘q deyolmadim. Hammaning oldida jinoyatchi bo‘lib televideniyega chiqishni xohlamasdim. Chunki hammaga o‘rnak bo‘lib kelgan odam edim», — deydi ayblanuvchi.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani sudi tomonidan fuqaroga nisbatan 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

Otaxon 2020 yil 6 avgustida aynan ushbu qoidabuzarlikni sodir etganligi uchun sudlangani va unga BHMning 5 barobari miqdorida jarima tayinlangani ma’lum qilindi.