Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga — Xayrulla Umarov tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

X.Umarov tayinlovga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, agentlikning sobiq boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlangan edi.