Buxoro viloyati Peshku tumani Valfajir mahallasida yashovchi, fuqaro J.F. (ayol) o‘z onasi bilan birga endi dunyoga kelgan farzandini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Fuqarolar tibbiyot muassasasi hududida chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga kelishilgan narxda sotayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan tuman IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ona va qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-modda 2-qismi «ye» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.