Jamiyat

O‘zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi
29 aprel 2021, 14:05

O‘zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston Hindistonga koronavirus bilan kurashish uchun «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlarini yuboradi. Mamlakatda hozirda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.

«Asosiy mansabdor shaxslarni tayinlashni saylovlar orqali qilar edim» — Rasul Kusherbayev
29 aprel 2021, 13:29

«Asosiy mansabdor shaxslarni tayinlashni saylovlar orqali qilar edim» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida gapirib, prokurorlar, sudyalar va ichki ishlar organlari boshliqlarining tayinlovini saylovlar orqali tashkillashtirgan bo‘lishini aytdi. «Odamlar tayyor. Xalq prezidentni, deputatni saylaydi-ku», — dedi u.

«Toshkent metrosi va ishonch sinonim so‘zlar edi» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda metro to‘xtab qolgani haqida
29 aprel 2021, 13:23

«Toshkent metrosi va ishonch sinonim so‘zlar edi» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda metro to‘xtab qolgani haqida

Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.

Toshkentda YTH ga uchragan Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etdi
29 aprel 2021, 11:35

Toshkentda YTH ga uchragan Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Metroda yo‘lovchilar huquqlari buzilayotgani o‘rganilmoqda
28 aprel 2021, 23:24

Metroda yo‘lovchilar huquqlari buzilayotgani o‘rganilmoqda

«„Poytaxt yer ostidagi“ voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganiga dalolat bermoqda», — deya ma’lum qildi MQKQ huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.

BuxDTIda davlat xaridlaridagi qonunbuzarliklar tasdig‘ini topdi
28 aprel 2021, 21:07

BuxDTIda davlat xaridlaridagi qonunbuzarliklar tasdig‘ini topdi

Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish idoralari Buxoro davlat tibbiyot institutida davlat xaridlari jarayonida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi. OTM rektor va shartnoma tuzilganidan keyin noshirlik litsenziyasini olgan kompaniya xodimasi muallifligidagi kitoblarni sotib olgan. Xizmat mashinalari uchun ortiqcha sarflangan gaz xarajatlari sobiq rektor Amrillo Inoyatov (hozirda SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari) va amaldagi rektor Shuhrat Teshayevdan undirilgan.

Metro to‘xtab qolgani yuzasidan ishchi guruh tuzildi — O‘zbekiston temir yo‘llari AJ
28 aprel 2021, 19:11

Metro to‘xtab qolgani yuzasidan ishchi guruh tuzildi — O‘zbekiston temir yo‘llari AJ

Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Metro texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgani aytildi hamda vaziyatga oydinlik kiritish uchun tezkorlik bilan ishchi guruh tuzilganligini ma’lum qilindi.

Navoiyda bir ayol uch yashar qizini sotmoqchi bo‘ldi
28 aprel 2021, 18:31

Navoiyda bir ayol uch yashar qizini sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida uch yoshli qizini 60 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

“Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar bekatgacha relslardan yurib borgan
28 aprel 2021, 18:17

“Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar bekatgacha relslardan yurib borgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani va metro yo‘lovchilari bekat tomon tunnel bo‘ylab piyoda ketishgani to‘g‘risida video tarqaldi.

Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi
28 aprel 2021, 16:34

Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi

Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda.

Namanganda 2 yoshli bola mashina tagida qolib ketib, vafot etdi
28 aprel 2021, 15:01

Namanganda 2 yoshli bola mashina tagida qolib ketib, vafot etdi

Namangan viloyatida «KIA BONGO III» rusumli avtomashina orqa tomonga harakatlangan vaqtida 2 yoshli bolani bosib yuborgan. Bola voqea joyida vafot etgan.

Antimonopoliya qo‘mitasi narx-navo o‘sishini jilovlash maqsadida birjada paxta yog‘ini sotib olishni chekladi
28 aprel 2021, 14:51

Antimonopoliya qo‘mitasi narx-navo o‘sishini jilovlash maqsadida birjada paxta yog‘ini sotib olishni chekladi

Antimonopoliya qo‘mitasi paxta yog‘i va chigit narxini shakllanishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Qo‘mita tadbirkorlar mavjud vaziyatdan foydalanib, urug‘lar narxini asossiz oshirib yuborishi yoki bozorda uning ta’minotini sun’iy ravishda jilovlashi mumkin deb hisoblaydi. Fond birjasida bitta xaridor tomonidan paxta yog‘ini sotib olish miqdori cheklandi.

Buxoro xalqaro aeroporti rahbari o‘zgardi
28 aprel 2021, 13:20

Buxoro xalqaro aeroporti rahbari o‘zgardi

Buxoro xalqaro aeroportida 20 yil davomida ishlab kelgan Jaxongir Rahimov Buxoro xalqaro aeroporti direktori etib tayinlandi.

Davlat idoralariga murojaat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasida ma’qullanmadi
28 aprel 2021, 12:50

Davlat idoralariga murojaat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasida ma’qullanmadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston davlat idoralariga murojaat davlat tili — o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif maqullanmadi. Deputat Doniyor G‘aniyev davlat tili o‘z nomi bilan davlatning fuqarolar bilan rasmiy muloqot tili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini ishlab chiqish kerakligini aytdi.

Abituriyentlar uchun namunaviy test savollari e’lon qilindi
28 aprel 2021, 12:02

Abituriyentlar uchun namunaviy test savollari e’lon qilindi

Davlat test markazi 2021 yil kirish imtihonlari uchun tarix, matematika, kimyo, fizik, biologiya, ona tili, ingliz tili va boshqa fanlardan namunaviy test savollarini e’lon qildi. Barcha testlar.

Bog‘cha xodimlari, o‘qituvchilar va surunkali kasalligi bor fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi
28 aprel 2021, 11:33

Bog‘cha xodimlari, o‘qituvchilar va surunkali kasalligi bor fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

O‘zbekistonda 27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni vaksinatsiya qilish jarayonlari boshlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 mingdan oshdi
28 aprel 2021, 11:31

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 mingdan oshdi

27 aprel kuni O‘zbekistonda 34 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Jami mamlakat bo‘yicha emlanganlar soni 600 ming nafardan oshdi.

Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga ruxsat berildi
28 aprel 2021, 11:08

Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli ekanligini belgilovchi qonunni imzoladi. Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat qilib qo‘yildi.

Namanganda velosipedchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi topildi
28 aprel 2021, 10:58

Namanganda velosipedchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi topildi

Namanganda «KIA» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda ketayotgan velosipedchini urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Namanganda 6 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi
28 aprel 2021, 10:46

Namanganda 6 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

Namangan viloyatida VAZ-2106 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 6 yoshli piyodani urib yuborgan. Bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting