Jamiyat

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi
30 aprel 2021, 15:59

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi

Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yo‘lning qatnov qismi to‘sib qo‘yildi. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mazkur fuqarolar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishganini ma’lum qildi.

Sardoba fojiasining sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi
30 aprel 2021, 15:33

Sardoba fojiasining sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi. Suv omborini loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun 17 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Dam olish kunlari o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
30 aprel 2021, 14:05

Dam olish kunlari o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Yakshanba kuni kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 29−32 darajagacha, janubda 34−37 darajagacha ko‘tariladi.

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
30 aprel 2021, 13:37

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi
30 aprel 2021, 12:58

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi

Miraziz Bozorov 110-maktab o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish» moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga aylandi. Hozirda u uy qamog‘ida. Mart oyi oxirida bloger LGBT faollariga qarshi namoyish kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan. Ichki ishlar boshqarmasi hujum qilgan shaxsning fotorobotini e’lon qildi.

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi
30 aprel 2021, 12:33

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi

Mart oyining oxirida Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘tkazilgan ruxsatsiz miting paytida o‘spirinlarni kaltaklaganlikda to‘rt kishi ayblanmoqda; ular sud boshlanguniga qadar uy qamog‘iga olingan. Tartibsizliklarda qatnashgan yana 27 kishining harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi.

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi
30 aprel 2021, 10:42

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi

29 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 nafardan oshdi. Kun davomida 2 ta o‘lim holati qayd etildi. Ayni vaqtda COVID bilan kasallangan deyarli 3100 nafar kishi shifoxonalarda davolanmoqda. Emlash tezligi yanada oshirildi.

Qirg‘izistonning Botken viloyatida otishma to‘xtatildi. Laylak tumanida davom etmoqda
30 aprel 2021, 10:39

Qirg‘izistonning Botken viloyatida otishma to‘xtatildi. Laylak tumanida davom etmoqda

Qirg‘izistonning Botken viloyatida yuzaga kelgan otishma butunlay to‘xtatildi. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylashtirilgan joylariga olib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar. Hozirda Laylak tumanida otishmalar kuzatilayotgani aytilmoqda. To‘qnashuvlar oqibatida Qirg‘izistonda 13 kishi, Tojikistonda 10 kishi vafot etdi.

Foto: «Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi loyihasi
30 aprel 2021, 09:15

Foto: «Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi loyihasi

Qurilish vazirligi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. U yerda veloyo‘lak, amfiteatr, kafe, do‘konlar, muzeyning ma’muriy binosi va boshqa ob’ektlar barpo etiladi, velosipedlar ijarasi yo‘lga qo‘yiladi.

Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib, poyezdni favqulodda to‘xtatgan
29 aprel 2021, 23:21

Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib, poyezdni favqulodda to‘xtatgan

Toshkent metropoliteni «Milliy bog‘» va «Novza» bekatlari oralig‘ida poyezd to‘xtab qolishiga mashinistning relslarni quvvatlovchi uskunadan uchqun chiqayotganini ko‘rib, harakatni favqulodda to‘xtatgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…
29 aprel 2021, 18:00

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat organlariga faqat davlat tilida murojaat qilish taklifi ma’qullanmaganligi ijtimoiy tarmoqlarda va deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Davlat tili maqomi bo‘yicha xalqaro tajriba, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha sharoitlar va davlat tili mavqei to‘g‘risida — «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning maqolasida.

Andijonda quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi
29 aprel 2021, 16:50

Andijonda quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi

Andijon viloyatida qulog‘ida «naushnik» bilan ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi. Oqibatda yigit vafot etgan.

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
29 aprel 2021, 16:17

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

«Bu qog‘ozda shunday». Rasul Kusherbayev — UzAuto Motors`ning MQKQ ustidan g‘alabasi to‘g‘risida
29 aprel 2021, 15:56

«Bu qog‘ozda shunday». Rasul Kusherbayev — UzAuto Motors`ning MQKQ ustidan g‘alabasi to‘g‘risida

Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Antimonopoliya qo‘mitasini «faqat qog‘ozda» mag‘lub etdi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya odamlarning ishonchi va o‘z imijini yo‘qotgan. Deputat, shuningdek, ushbu jarayon misolida sudlarning qanday ishlashi va tizim monopoliyalarga qarshi qanday kurash olib borishini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

«Amaldorlar orasida hali ham shovinistlar bor» — Rasul Kusherbayev davlat tilini isloh qilish to‘g‘risida
29 aprel 2021, 15:24

«Amaldorlar orasida hali ham shovinistlar bor» — Rasul Kusherbayev davlat tilini isloh qilish to‘g‘risida

Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, o‘zbek tili faqat davlat bilan ishlaydiganlar uchun majburiy bo‘lishi kerak. Parlament a’zosi, shuningdek, jamiyatda til bilan bog‘liq diskriminatsiya mavjudligini tan oldi va rasmiylar orasida vaziyatga shovinistik nigoh bilan qaraydiganlar hali ham borligini ta’kidladi.

Qarshida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi
29 aprel 2021, 15:18 1

Qarshida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi

Qashqadaryo viloyatida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi.

Endi Humans aloqa xizmatlarini keshbek bilan to‘lash mumkin
29 aprel 2021, 15:00

Endi Humans aloqa xizmatlarini keshbek bilan to‘lash mumkin

Endi Humans mijozlari har qanday mobil aloqa xizmatlarining narxini keshbek bilan to‘lashlari mumkin. To‘plash mumkin bo‘lgan keshbek miqdori — cheklanmagan.

Yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
29 aprel 2021, 14:52

Yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Gulistonda hokim o‘rinbosari 400 dollar bilan qo‘lga tushdi
29 aprel 2021, 14:50

Gulistonda hokim o‘rinbosari 400 dollar bilan qo‘lga tushdi

Gulistonda hokim o‘rinbosari fuqaroni kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olish uchun ro‘yxatga qo‘yib, buning evaziga 400 dollar pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi.

O‘zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi
29 aprel 2021, 14:05

O‘zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston Hindistonga koronavirus bilan kurashish uchun «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlarini yuboradi. Mamlakatda hozirda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting