Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yo‘lning qatnov qismi to‘silgani haqidagi fotosuratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Olmaliq qon metallurgiya kombinati (OKMK) axborot xizmati izoh berdi.

Unga ko‘ra, Olmaliqning markaziy ko‘chasida to‘plangan ayollar shu yilning 1 aprel kuni Olmaliq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hozirda mazkur holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirokida batafsil o‘rganilayotganligi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan vaziyat nazoratga olingani ma’lum qilindi.