Endi Humans mijozlari har qanday mobil aloqa xizmatlarining narxini keshbek bilan to‘lashlari mumkin. Keshbek bilan xizmatlarni to‘liq va qisman to‘lash imkoni mavjud.

Bundan tashqari, kompaniya keshbek berish bo‘yicha dasturini kengaytirdi. Unga ko‘ra:

  • 15 maygacha ulangan mijozlar 15 000 UZS keshbek olishadi.
  • Xizmatlar paketining narxini to‘lashda, paket narxidan 10% keshbek beriladi.
  • Chiroyli raqam tanlashda unga to‘langan pul miqdoridan 5% keshbek beriladi.
  • Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish evaziga mijozlarga har kuni 100 UZS keshbek beriladi.
  • Do‘stlarni taklif qilishda 5 000 UZS’gacha keshbek beriladi.
  • HUMANS.uz ilovasi orqali tovarlar va xizmatlar narxini to‘lashda foydalanuvchi 7% gacha keshbek oladi.

Mijoz tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilishda, shu zahoti keshbek oladi, boshqa qolgan holatlarda esa keshbek keyingi kuni beriladi.

To‘plash mumkin bo‘lgan keshbek miqdori — cheklanmagan.

«Humans'dan foydalangan holda keshbek yig‘ish osonlashdi. Aloqa xizmatlarini olingan keshbek bilan to‘lash mumkin ekan, demak, aloqa bepul bo‘lib qolmoqda. Mana shu tarzda mijozlar mobil aloqa xizmatlarida oson pul tejashlari mumkin», — deydi Humans asoschisi Vladimir Dobrinin.

Vladimir Dobrininning keshbek dasturi kengayishiga bag‘ishlangan murojaati.

Batafsil ma’lumotlar kompaniya saytida: humans.uz/uz/blog/posts/cashback-campaign-27−04−21/

Reklama huquqlari asosida.