Payshanba, 29 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 402 nafarga oshdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu yil boshidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Eng ko‘p holat Toshkent shahrida — 209, Samarqand viloyatida — 69 va Toshkent viloyatida — 64 ta aniqlangan.

O‘tgan yilning mart oyidan beri mamlakatda 90 808 ta kasallik holati rasman ro‘yxatga olingan.

29 aprel kuni ushbu infeksiya oqibatlaridan 2 ta o‘lim qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limlarning umumiy soni 649 ga etdi.

Tibbiy muassasalarda COVID-19'dan davolanayotgan bemorlarning soni 3092 nafarni tashkil qiladi (bir kun oldin — 2985).

Foto: SSV matbuot xizmati

29 aprelda mamlakat bo‘ylab 71 775 kishi koronavirusga qarshi emlandi, bu — jarayon boshlanganidan beri (1 aprel) eng yuqori ko‘rsatkich. Jami 718 471 dan ortiq inson COVID-19'ga qarshi emlandi