Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Faxriddin Davrukov Toshkent moliya instituti (1997) va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini (2003) bitirgan. Ko‘p yillar davomida u Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida va Vazirlar Mahkamasida ishlagan.

Tayinlovga qadar u Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.