Andijon viloyatida qulog‘ida «naushnik» bilan ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB «Zamon» muxbiriga xabar berdi.

Hodisa 29 aprel kuni soat 11:00 larda sodir bo‘ldi. Poyezd urib yuborishi natijasida fuqaro voqea joyida vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhalar va izohlarga ko‘ra, mazkur voqea Andijon tumanida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi yigit 20−23 yoshlar atrofida bo‘lgan.