O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5−10° iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5−7° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0−5° iliq bo‘ladi.