Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida hokim yordamchisi 20 ta na’matak butasi va 5 ta olcha daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Tumanning “To‘qboy” MFY hududida ishlovchi xodim P.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hokim yordamchisi 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

“Huquqbuzar qilmishi uchun jami 12 mln 750 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.