“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidenti farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidenti farmoni quyidagi 7 ta blokdan iborat bo‘lib, 36 ta bandni o‘z ichiga oladi:
- Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar;
- Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha islohotlar;
- Strategiyaning ijtimoiy siyosat yo‘nalishidagi islohotlar;
- Strategiyaning iqtisodiyot yo‘nalishidagi islohotlar;
- Strategiyaning suv resurslarini tejash va ekologiya yo‘nalishidagi islohotlar;
- Strategiyaning davlat boshqaruvi va sud-huquq yo‘nalishidagi islohotlar;
- Strategiyaning xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishidagi islohotlar.
Davlat dasturi loyihasi esa 5 ta qism va 100 ta maqsaddan iborat.
Muhokamalar 2024-yilning 31-yanvaridan 9-fevraligacha davom etadi. Davlat dasturi loyihasi muhokamasida ushbu havola orqali ishtirok etish va takliflarni qoldirish mumkin.