Jamiyat

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
1 fevral 2024, 21:09

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi, kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri bo‘lishi talabi etiladi, ayrim nafaqa miqdorlari oshadi — 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

“Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi
1 fevral 2024, 20:58

“Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi

“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.

AQShda O‘zbekistonga aloqador ikki kishi immigratsion firibgarlikda ayblandi
1 fevral 2024, 20:08

AQShda O‘zbekistonga aloqador ikki kishi immigratsion firibgarlikda ayblandi

AQSh prokuraturasi O‘zbekiston fuqarosi va Amerika fuqaroligiga ega o‘zbekistonlikni immigratsion firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda ayblamoqda. Ular ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Foto: Toshkentda qor bo‘roni
1 fevral 2024, 19:25

Foto: Toshkentda qor bo‘roni

Fevral oyining birinchi kunida Toshkentni qor qopladi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ana shu lahzalarni kameraga muhrladi.

HONOR X8b taqdim qilindi: elegant korpusdagi professional fototasvirlar
1 fevral 2024, 17:00

HONOR X8b taqdim qilindi: elegant korpusdagi professional fototasvirlar

Flagmanlar darajasidagi texnik jihozlar bilan qulay narxdagi smartfon ilg‘or uch kamerali tizimga ega bo‘lib, hayotdagi muhim lahzalarni suratga aniq va sifatli muhrlashga qodir.

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda
1 fevral 2024, 15:59

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida e’lon berdi. Fuqarolar hamshiralik, haydovchilik kasblari, shuningdek, mehmonxona, restoran, turizm va boshqa sohalarda ishlashi mumkin.

Surxondaryoda 4 yoshli bolasini kaltaklagan erkak 10 sutkaga qamaldi
1 fevral 2024, 15:10

Surxondaryoda 4 yoshli bolasini kaltaklagan erkak 10 sutkaga qamaldi

Termizda 4 yoshli bolasini do‘kondan shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani uchun haqoratlab, kaltaklagan erkak 10 sutkaga qamaldi.

Samarqandda mast holda xizmat kiyimida yurgan IIO xodimi ishdan olindi
1 fevral 2024, 14:28

Samarqandda mast holda xizmat kiyimida yurgan IIO xodimi ishdan olindi

Tarmoqlarda mast holda xizmat kiyimida yurgan IIO xodimining videosi tarqaldi. Samarqand viloyati IIB videodagi xodim Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori bo‘lgani va u ishdan olinganini bildirdi.

Xususiy maktablar tashkil etishda imtiyozlar beriladi
1 fevral 2024, 13:15

Xususiy maktablar tashkil etishda imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda 2025-yildan yangi qurilgan xususiy maktab binolarida 5 yil davomida kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Maktab binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Toshkentdagi fastfud tarmog‘i elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
1 fevral 2024, 12:44

Toshkentdagi fastfud tarmog‘i elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Toshkent shahrining 5 ta tumanida Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari noqonuniy ulanish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qachondan haydovchilik guvohnomasi bilan ichki reyslarda uchish mumkin? Uzbekistan Airports javobi
1 fevral 2024, 12:13

Qachondan haydovchilik guvohnomasi bilan ichki reyslarda uchish mumkin? Uzbekistan Airports javobi

Hukumat 2017-yilda haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomini bergandi. Uzbekistan Airports mahalliy aeroportlarda mazkur guvohnomalar qachondan tan olina boshlanishi haqida izoh berarkan, hozirda idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanayotganini bildirdi.

Andijonda 6 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi ochildi
1 fevral 2024, 11:22

Andijonda 6 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi ochildi

Asaka tumanida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilishi oqibatida tabiatga 317 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi
1 fevral 2024, 11:04

1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

O‘zbekistonda zarur ish staji yo‘q keksalar, nogironligi bo‘lgan bolaga qarovchi vakillar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarning nafaqasi miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi. Avval bu miqdor 608 ming so‘m edi.

“Bundan xalq ko‘proq ziyon ko‘radi”. Odamlar — huquq-tartibot xodimlari tasvirini internetda tarqatishga oid yangi norma haqida
1 fevral 2024, 10:31

“Bundan xalq ko‘proq ziyon ko‘radi”. Odamlar — huquq-tartibot xodimlari tasvirini internetda tarqatishga oid yangi norma haqida

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ish faoliyatiga oid tasvirlarni ularni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” ushbu tartib bo‘yicha aholi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Surxondaryoda ikki mashina to‘qnashishi oqibatida piyodalar jarohatlandi
1 fevral 2024, 10:00

Surxondaryoda ikki mashina to‘qnashishi oqibatida piyodalar jarohatlandi

Sho‘rchi tumanida bir yo‘nalishda harakatlangan mashinalarning biri chapga burilishi oqibatida YTH yuz berdi. Oqibatda avtomobillar 3 piyodani urib yubordi, 10 yoshli bola turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Surxondaryoda poyezd Gentra`ni urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi
1 fevral 2024, 09:28

Surxondaryoda poyezd Gentra`ni urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi

Sho‘rchi tumanida yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra`ni urib yubordi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 5 kishi vafot etdi, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Qashqadaryoda Damas YPX inspektorini bosib ketdi, uni o‘tkinchilar mashina ostidan chiqarib oldi
31 yanvar 2024, 22:33

Qashqadaryoda Damas YPX inspektorini bosib ketdi, uni o‘tkinchilar mashina ostidan chiqarib oldi

Qashqadaryodaning Kitob tumanida Damas haydovchisi avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa guvohlari inspektorni chiqarib olish uchun mashinani qo‘llari bilan ko‘tarayotgani aks etgan video tarqaldi.

31-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 yanvar 2024, 22:01

31-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi, ekologiya vaziri bilan katta intervyu, jamoat transportida yuradigan rahbarlar, daraxtkesar hokim yordamchisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni onkologiyaning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi. U bilan qanday kurashish mumkin?
31 yanvar 2024, 20:46

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni onkologiyaning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi. U bilan qanday kurashish mumkin?

Ko‘krak bezi saratoni O‘zbekistonda saraton kasalliklari orasida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, biroq uni erta bosqichlarida davolash mumkin. Diagnostika uchun mammograflar, malakali radiolog va rentgen-laborantlar kerak. Kasallik haqida batafsil — “Gazeta.uz” materialida.

Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
31 yanvar 2024, 19:12

Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Toshkent chetidagi hududlarni metro bekatlari bilan bog‘laydigan to‘rtta ekspress avtobus yo‘nalishi joriy etiladi. Piyoda va avtobuslar ustuvorligini ta’minlash maqsadida 8 ta transport yo‘lagi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezidentning 2024-yilgi Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori loyihasida aytilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting