1−5-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Xususan, bu ogohlantirish Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) va Namangan viloyatining Pop tumaniga tegishli.

Avvalroq O‘zgidromet qishning so‘nggi oyi sovuq havo bilan boshlanishi, harorat kechasi 0…-5, kunduzi +2…+7, ayrim joylarda 0 darajagacha tushishi haqida xabar bergandi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1-fevral va 4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida kuzatiladi.