30-yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Mingbuloq tumani sudining raisi Sh. S. ushlandi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, sudya o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O.S.ga yengilroq jazo tayinlash evaziga sudlanuvchining otasi V.S.dan 2 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Oliy sud plenumining 31-yanvar kuni o‘tkazilgan majlisida tuman sudi raisi Sh. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan qamoqqa olishga rozilik berildi.