Shanba kuni Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” xiyobonida bir guruh odamlar bir kun oldin “Qutb bo‘risi” koloniyasida vafot etgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga hurmat bajo keltirishdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri. Xotira belgilari Toshkent shahrining yana bir qancha joylarida ham paydo bo‘ldi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Soat 14:00 dan keyin ellikka yaqin shahar aholisi, aksariyat Rossiya fuqarolari qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Voqea joyida Milliy gvardiya va yo‘l patrul xodimlari navbatchilik qilishdi. Bundan tashqari, fuqarolik kiyimidagi odamlarni ham ko‘rish mumkin edi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yig‘ilganlarga gul qo‘yishga to‘sqinlik qilgani yo‘q, ammo yodgorlik yonida turmaslikni so‘radi. Ulardan sham yoqmaslikni so‘rashdi.

алексей наvaлний, фотосuрат

“Iltimos, [park bo‘ylab] yuravering, lekin bir joyda to‘planib turmang”, dedi Milliy gvardiya vakili. U kelganlarning savollariga javob berib, uchrashuvni o‘tkazish uchun shahar hokimiyatini ikki hafta oldin xabardor qilish kerakligi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining vazifasi, masalan, “qandaydir terroristik hujum” sodir bo‘lgan taqdirda" odamlar xavfsizligini ta’minlash ekanini aydi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Ammo ko‘pchilik u yerdan ketishni istamadi, bir necha kishi guruh bo‘lib yodgorlik atrofida va unga olib boradigan zinapoyalarda turishdi. Suhbatlardan eshitilgan parchalarda odamlarning Navalniyni muhokama qilayotganini eshitish mumkin edi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Borganlar orasidan kimdir siyosatchining o‘limi bilan u “go‘zal Rossiyaning kelajagidan” umidini uzganini aytgan (Bu Navalniyning 2017-yildagi prezidentlik kampaniyasi paytida paydo bo‘lgan shior edi).

алексей наvaлний, фотосuрат

Kelganlardan yana biri gullar bilan birga Navalniyning suratini olib kelgan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari “siyosatni bu yerda boshlamaslikni” so‘rab, uni yodgorlik yonida qoldirishga ruxsat berishmagan. E’tirozlarga javoban Milliy gvardiya vakili “uni biz o‘ldirmaganmiz” deb ta’kidlab, yig‘ilganlarga siyosatchi uchun uyida motam tutishini taklif qildi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Ko‘p o‘tmay huquq-tartibot idoralari xodimlari bog‘ yopilganini e’lon qilib, odamlardan tarqalishni so‘radi. Navalniyning surati va gullar bilan birga endi kelgan er-xotinga yodgorlik oldiga borishga ruxsat berilmadi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Keyinchalik memorialga o‘tish joyi ogohlantiruvchi lenta bilan yopildi. Kommunal xizmat vakillari gullarni yig‘ib, olib ketishdi.

алексей наvaлний, фотосuрат

Moskva merligi va Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniy xotirasiga stixiyali yodgorliklar Toshkentning boshqa joylarida ham paydo bo‘ldi, xususan, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali yonida, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo” binosi va Kosmonavtlar maydonida xotira buyumlarini ko‘rish mumkin.

  • 16-fevral kuni Rossiya rasmiylari muxolifatchi Aleksey Navalniy “ekstremistik ish” bo‘yicha 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan “Qutb bo‘risi” koloniyasida vafot etgani haqida xabar berdi. Federal Jazoni ijro etish xizmati siyosatchi sayrdan keyin o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgani, shifokorlar uni o‘ziga keltira olmaganini aytdi. Navalniy o‘limining rasmiy sabablari ma’lum qilinmadi.
  • Navalniy tarafdorlari uning o‘limini faqat 17-fevralda tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ular shaxsning o‘ldirilganini aytishdi. Uning jasadi hali yaqinlariga berilmadi.
  • Navalniy xotirasiga dunyoning turli shaharlarida mitinglar bo‘lib o‘tmoqda: London, Nyu-York, Oslo, Myunxen, Barselona, Vilnyus, Tbilisi va boshqalar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadagi namoyishlarda 200 dan ortiq odam hibsga olingan.