18-fevral kuni Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Hududlarda kuchli shamol sababli ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan:

  • Samarqand viloyatining Samarqand, Pasdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari iste’molchilari qisman (35 000 ta),
  • Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari iste’molchilari qisman (15 000 ta);
  • Jizzax viloyatining Baxmal tumani iste’molchilari qisman (700 ta).

Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ular bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

Vazirlik bir kun avval Buxoro viloyatida kuchli shamol tufayli 2 ta yuqori kuchlanishli — “L-Gazli-1” va “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelganini bildirgan.