17-fevral kuni Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Xususan, Ohangaron tumanidagi “O.P.P.” MCHJga qarashli “zapravka”ga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilgan. Unda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Buning oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 37 mlrd 534 mln so‘m (25 mln 23 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

gaz zapravka, gazdan noqonuniy фойдалаniш, оҳанgaрон

Iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi metan “zapravka”lardan biri 62,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. O‘zbekiston bo‘ylab 2023-yilning 11 oyida AGTKSHlar 110,4 mlrd so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangan.