Hukumatning 22 apreldagi «Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi [208-sonli] qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

1 dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati quyidagi mexanizmlarda joriy etiladi:

  • Nodavlat notijorat tashkilot (NNT)lar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;
  • NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
  • NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.
  • NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.

2023 yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

  • ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
  • loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
  • kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
  • davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot uchun, mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqilgan.