«Gazeta.uz» muxbiri Abdullo Ëdgorov 2 kun davomida Jizzax viloyatining Forish tumani Egizbuloq mahallasida aholi turar joylari va ularning ko‘p yillik ro‘zg‘origa yetgan zararlarni fotokarema obyektiviga muhrladi. Sel va suv toshqini oqibatida bu yerda 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘lganligi aytildi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi.

Tepaliklar orasidan uchta o‘zanda kelgan sel birinchi bo‘lib Boyqo‘chqor qabristoniga urilgan.

Sel oqibatida qabristondagi 70 dan ortiq qabrlar yuvilib ketgan.

Odamlar hozirgi vaqtgacha aholi yashash joylari va loylarga qorishgan holda yotgan murdalar suyaklarini topmoqda.


Shunga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati xodimlari suv va tuproqdan namunalar olib, turli kasalliklar, shu jumladan, qutirish, kuydirgi, ichak kasalliklariga tekshiruv o‘tkazishni boshlab yuborishgan.

Qabriston uchun qurilgan qo‘shimcha bino.

«Sel urib ketgan qaysi xonadonga kirmang, odamlarning ko‘zida tabiiy ofatdan chorasizlik, shuncha yillik mehnati va ro‘zg‘ori 20 daqiqa ichida yo‘q bo‘lib ketganiga achinish, shunga qaramasdan, o‘z joni sog‘-omon qolgani shukronalik tuyg‘ulari aks etganini ko‘rasiz», — deydi holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan «Gazeta.uz» muxbiri.





Suv va loyga botib qolgan kitoblar, ularning orasida Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» asarini ko‘rish ham mumkin. Odamlardan biri bu ko‘rgulik ham shu kitob nomi kabi «o‘tgan kunlarimizda qolib ketsin» deb qo‘ydi.


Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, mazkur xonadonning o‘pirilib ketgan devorida Qur’oni Karim kitobi matoga o‘ralgan holda osig‘liq bo‘lgan. Suv uni uzoq masofagacha oqizib ketganiga qaramasdan unga ziyon yetmagani, hozirda u qishloq masjidida ekani aytildi. Shu kuni mahallada vafot etganlarni dafn qilish marosimi bo‘layotgani bois, uni topib, suratga olishning imkoni bo‘lmadi.



Bu xonadon egasining so‘zlariga ko‘ra, mazkur mashina seldan oldin uyning orqa tarafi, bu joydan 15−20 metr uzoqlikda bo‘lgan. Suvning shiddati va qanchalik katta hajmda kelganini shundan ham ko‘rib, tushunsa bo‘ladi, deydi u.

Suv asosiy talofat keltirgan hudud. Ushbu rasmda aholi xonadonlari va qo‘shimcha xo‘jalik binolarining qoldiqlari aks etgan.

Sel oqibatida yaroqsiz holga kelgan mototsikl.


Ushbu uyning xonalari loyga botgan, pol qismi esa suv hisobiga zaxlab ketgan.

Turli hududlardan kelgan hasharchilarga hokimiyat tomonidan tushlik tashkillashtirilgan.