O‘zbekiston bo‘yicha hafta davomida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Bugun, 23 may kuni respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

24−26 maygacha (seshanba-payshanba kunlari) O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib +32…+37 darajaga yetadi.

27 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kela boshlaydi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati avvalgi holidan 5−7 daraja pasayadi.

25 mayda shimolda, 26−28 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.