O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident Administratsiyasiga yaqin bo‘lgan Nigoh Telegram-kanali xabar berdi.

U Oliy Majlis Senati kengashining 2020 yilning 29 iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi lavozimiga tayinlangandi. Unga qadar esa tashqi ishlar vaziri maslahatchisi — Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Abat Fayzullayev jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr va magistraturada ((2000−2007 yillarda) tahsil olgan. Shuningdek, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligida va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Fayzullayevga qadar O‘zbekistonning Avstriyadagi elchi va YeXHTning doimiy vakili lavozimida (amalda prezident matbuot kotibi) Sherzod Asadov ishlagan. Elchilikdan so‘ng Asadov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarligiga tayinlangandi.