O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi Telman qishlog‘ida Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi yerosti tunneli topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib Kaktus Media xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 metr chuqurlikda joylashgan tunnelga 1,8×1,5 metr o‘lchamdagi kirish joyi orqali o‘tiladi. Kirish joyidan chegara chizig‘igacha 40 metrni, kirishdan chiqish yo‘ligacha bo‘lgan umumiy masofa 270 metrni tashkil etadi.

Qirg‘iziston xavfsizlik qo‘mitasining qayd etishicha, tunnel topilgan yer maydoni egasi Jalolobod viloyatining Qiziljar qishlog‘idagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Uning salomatligini tekshirish uchun qayta ekspertiza tayinlangan.

Foto: Kaktus Media.

«Hozirda jinoyat qurollari va ashyolari olib qo‘yilmoqda», — deyiladi xabarda.