Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan Toshkent viloyatida chet el valyutasining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi, deb xabar qildi departament matbuot xizmati.

Organlar ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolar R. B. va O. A. fuqaro R. ga 77,9 ming turkman manatini 6500 AQSh dollariga sotishga urindi.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan supermarket yonida ham xuddi shunday voqea sodir bo‘ldi. B.A. va A.K.lar fuqaro R. ga 213 ming manatni 13 ming dollar va 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Birinchi vaziyatda, sotish kursi bir dollar uchun 11,98 manatni, ikkinchisida esa bir dollar uchun taxminan 11,6 manatni tashkil etgan. Turkmanistonda dollarning rasmiy kursi 3,5 manatni tashkil etadi, 2015 yilda o‘rnatilgan kurs hozirga qadar deyarli o‘zgarmagan. Shu bilan birga, 2016 yildan boshlab Turkmanistonda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash taqiqlangan. «Qora bozor»da 15 may holatiga ko‘ra, dollar 19,5 manatdan sotib olinib, 19,7 manatdan sotilayotgan edi.