Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu holat Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi va DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir aniqlandi.

Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1976 y.t. M.A. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida sheriklari Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1992 y.t. X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi 1984 y.t. R.A.lar bilan birgalikda, 610 tup marixuana giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Shuningdek, Payariq tumanida yashovchi 1970 y.t. A.A. yashash xonadonida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.