O‘tgan hafta davomida va ushbu haftaning boshida yoz fasli uchun qulay bo‘lgan ob-havo sharoitidan so‘ng, yoz yana o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

13 iyulda O‘zbekistonning katta qismida havo harorati +33…+36 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +37…+40 darajagacha atrofida bo‘ladi.

14 iyul — payshanba kunidan boshlab esa harorat ko‘tariladi va 15−16 iyulga kelib +38…+41 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha bo‘ladi.

Haroratning bunday ko‘tarilishi Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida sodir bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol chang-to‘zonlar bilan 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.