Andijonda tuman prokurori yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

10 iyul kuni DXX Andijon viloyati boshqarmasi Andijon viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi 1500 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan shu kuniyoq Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Agar uning aybi sudda o‘z isbotini topsa, prokuror yordamchisi quyidagilardan biri bilan jazolanishi mumkin — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.